Daryo

Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi

U yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan

1 daqiqa o‘qish108 880 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati IIB xodimining o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3-may kuni soat 08:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani, “Markaziy Surxon” mahallasida yashagan R.S. yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida hodisa joyidan 1 dona 1,5 metr uzunlikdagi arqon xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Qumqo‘rg‘on tuman sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasida marhum R.S.ning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining siqilishi, mexanik asfiksiya, sirtmoqqa osilish kabi tan jarohatlar sabab bo‘lganligi, uning badanida boshqa tan jarohatlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, marhum R.S. 1975-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, muqaddam Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, pensiya olish huquqini beradigan bildirgisi asosida 2021-yilning yanvar oyida Ichki ishlar organlaridan Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatilgan.

Xabarga ko‘ra, R.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar