Daryo

Yunusobodda qizdirilgan yog‘ sabab 4-qavatdagi uy yonib ketdi (video)

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish77 284 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

7-may kuni soat 09:13 larda Toshkent shaharining Yunusobod tumani 14-mavzesida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1965-yilda tug‘ilgan I.I. ismli fuqaroga qarashli uyning balkonida 10 kvadrat metr maydonda jihozlar yongan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 09:21 da yetib borgan va yong‘in 09:31 da o‘chirilgan.

Ta’kidlanishicha, uyning 60 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in qozonda yog‘ qizdirilishi oqibatida yuzaga kelgan.

“Ushbu xonadon tuman FVB inspektori tomonidan 17-fevral kuni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan”, — deyiladi xabarda. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in yuzaga kelgani, Chilonzorda oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Evos kafesida yong‘in yuz berdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar