Daryo

Yakkasaroydagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan

1 daqiqa o‘qish45 224 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 18-aprel kuni soat 20:46 da tumanning Qushbegi massivida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga kelib tushgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Soat 21:21 da yong‘in qurshab olinib, 21:41 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar