Daryo

Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish47 658 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi dehqon bozorida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Xorazm FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 1-may kuni soat 21:39 da Gurlan tuman Mustaqillik ko‘chasi 4-uyda joylashgan “Gurlan dehqon bozori” MChJ hududida qurilgan fuqaro J.O.ga tegishli do‘konning, taxminan, 35 kvadrat metr maydonda tom qismi va do‘konning ichki qismi hamda fuqaro M.I.ga tegishli do‘konning 40 kvadrat metr maydonda tom qismi va do‘konning ichki qismi yonib zararlangan.

Hududdagi boshqa do‘konlarning 500 kvadrat metr qismidagi maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi sobiq “TAPOiCh” hududida yong‘in yuz bergani, Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar