“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasining 33-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urdi.
Polshalik hujumchi bu orqali Bundesliganing bir mavsumida urilgan gollar soni bo‘yicha Myunxen klubining sobiq hujumchisi Gerd Myullerning “abadiy” rekordini takrorladi. Polshalik hujumchi Germaniya chempionatining 28 uchrashuvida 40 ta gol urdi. Musobaqa yakunlanishiga yana bir tur qolgani hisobga olinsa, Levandovski mazkur rekordni yangilashi ham mumkin.
Gerd Myuller 1971/72-yilgi mavsumda “Bavariya” safida Germaniya chempionatida 40 ta gol urgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Bundesliganing 32-tur uchrashuvida “Borussiya D” “Leypsig”ni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)