• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oylar sultoni — Ramazon: Saxovat — jannatga yetaklovchi fazilat

    “Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

    Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

    Mavzuga doir:

    • Oylar sultoni — Ramazon: Hayit kuni odoblari
    • Oylar sultoni — Ramazon: Zakotni kechiktirish mumkinmi? Tillo taqinchoqlari zakot nisobiga yetgan, lekin puli yo‘q ayol zakotni qanday beradi?
    • Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘za tutmaslikning hukmi qanday?
    Navbatdagi suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mutaxassisi Yorqinjon domla Jumaboyev bilan uyushtirildi.

    Yorqinjon Jumaboyev.

    Yorqinjon Jumaboyev.
    Foto: “Muslim.uz”

    Saxovat — jannatga yetaklovchi fazilat

    Robbimiz bandalarini doimo saxovatli bo‘lishga buyuradi. Alloh taolo muhsin bandalarini sevishini bayon etib, “Oli Imron” surasining 134-oyatida: “Ular (taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-cadaqa qiladigan, g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) kechiradiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar”, deb marhamat qilgan bo‘lsa, shu suraning 92-oyatida shunday marhamat qiladi: “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”.

    Mo‘min banda saxovat bilan rizqim kamayib qolmaydi, balki baraka kiradi, deb ishongan holda saxovat ko‘rsatishi shart. Chunki Alloh taolo va rasuli (sallallohu alayhi va sallam)ning va’dalariga ishonadi. Alloh taolo aytadi: “Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir” (Saba’ surasi, 39-oyat). Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) esa: “Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasam, sadaqa bilan mol kamaymaydi”, deganlar (Imom Termiziy rivoyatlari).

    Abu Zarr G‘iforiy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eng afzal sadaqa haqida so‘rashdi. Shunda ul zot: ‘Muhtojga maxfiy qilinganidir’, dedilar va quyidagi oyatni o‘qidilar: ‘Sadaqalaringizni oshkora bersangiz, qandoq ham yaxshi. Agar kambag‘allarga pinhona bersangiz, o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o‘tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir’” (Baqara surasi, 271-oyat) (Imom Ahmad rivoyatlari).

    Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning boshqa bir hadislarida shunday deyiladi: “Kimki bir mo‘minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Alloh uni oxiratdagi tashvishlaridan xalos etadi. Kimki bechorahol kishiga yordam bersa, Alloh unga ikki dunyoda yordam beradi. Kimki bir mo‘minning aybini berkitsa, Alloh uning ikki dunyodagi ayblarini berkitadi. Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘laveradi” (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyatlari). Salmon Forsiy raziyallohu anhuning aytishlaricha, “Agar saxiy kishi vafot etsa, yer hamda odamlarning nomai a’mollarini bituvchi farishtalar bunday deydi: ‘Ey Rabbim, bandangning bu dunyoda qilgan gunohlarini avf et!’. Agar vafot etgan kimsa baxil bo‘lsa, ular: ‘Ey Allohim, bu bandani jannatdan to‘sgil, chunki u bandalaringni Sen uning qo‘liga bergan mol-dunyolardan to‘sgan edi’, deyishadi”.

    Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: “Saxiy Allohga yaqindir, odamlarga yaqindir, jannatga yaqindir, do‘zaxdan uzoqdir. Baxil esa Allohdan uzoqdir, odamlardan uzoqdir, jannatdan uzoqdir, do‘zaxga yaqindir. Alloh taologa johil saxiy obid (ibodatga berilgan) baxildan suyukliroqdir” (Imom Termiziy rivoyatlari). Badruddin Ayniy rahimahulloh: “Saxovat — munosib narsani munosib bo‘lganga berish, o‘z molidan hech bir evazsiz sarflashdir. Bu chiroyli xulqlarning asosiylaridan biri. Baxillik esa buning aksidir”.

    Imom G‘azzoliy: “Baxillik dunyoga bog‘lanishning mevasi, saxiylik esa zuhdning, ya’ni dunyoga ahamiyat bermaslik samarasidir. Mevaga aytilgan maqtov, shubhasiz, uni yetishtirgan daraxtga taalluqli. Saxiylik — haqiqiy tavhid va chin tavakkulga erishish natijasi. Ya’ni, Alloh taoloning sadaqa bilan mol kamayib qolmasligi, birga o‘n barobar qaytarishiga va’dasi va bandalar rizqini O‘z zimmasiga olgani haqidagi kafolatiga — samimiy ishonchdan tug‘iladi. Bular esa, hadisda ishora qilinganidek, tavhid daraxtining mevalaridir. Baxillik shirkdan tug‘iladi. Bu esa sabablarga bog‘lanib qolish va Alloh taoloning va’dasidan shubhalanish natijasidir”, deydilar.

    Shu sababli, hadisda ta’kidlanganidek, Alloh taolo johil saxiyni obid baxildan ko‘proq yaxshi ko‘radi.

    Bir kishi do‘stining yoniga kelib, 400 dirham qarz bo‘lib qolganini aytib, undan yordam so‘radi. Do‘sti unga darhol aytilgan miqdordagi pulni topib jo‘natdiyu uyiga qaytib kirgach, yig‘lab yubordi. Xotini unga: “Bunchalar qiynalar ekansiz, nega berdingiz?”, dedi. Shunda u kishi: “Pul berganimga emas, uning holidan xabar olmay, uyimga yordam so‘rab kelishgacha majbur qilganim uchun azoblanib yig‘layapman”, deb javob berdi.

    Saxiylik va baxillikning bir necha darajalari bo‘lib, saxiylikning eng oliy darajasi o‘zining mol-dunyoga hojati bo‘lsa-da, qo‘lidagi hamma narsani saxiylik bilan boshqalarga tarqatib yuborishdir. Baxillikning eng yuqori pog‘onasi esa kishining molga hojati bo‘laturib, uni o‘ziga sarflashda baxillik qilishidir.

    Xalqimiz orasida shunday maqol bor: “Xasisning yonidan moli chiqquncha, tanidan joni chiqadi”. Darhaqiqat, baxil inson mol-dunyoga shunchalar harisligidan qarindosh-urug‘lari, hatto, aka-ukalarini ham unutib qo‘yadi. Bu esa silai rahmning uzilishi va natijada ikki dunyo saodatidan bebahra qolishga sabab bo‘ladi.

    12.05.2021, 03:36   Izoh (0)   9452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tayyorlangan dunyodagi eng katta Qur’on sahifasi, Isroilga “atalgan” raketalar, 3 yoshli so‘fiy. 11-may suratlari

    11.05.2021, 23:58

    Toshkentda propiska sabab homilador ayolni tug‘ruqxonaga qabul qilmagan tibbiyot xodimlari ishdan olindi

    11.05.2021, 23:33

    Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan fojiali voqea munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

    11.05.2021, 22:49

    Islom sivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta Qur’oni karim sahifasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakunlandi. U Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin

    11.05.2021, 22:46

    O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi?

    11.05.2021, 22:22

    “Bu, albatta, kamchilik” — Toshkent metropoliteni rahbari bekatlardagi xodimlarining ingliz tilini bilmasligi va tizim vakillarining maoshi haqida

    11.05.2021, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.