“PSJ” hujumchisi Neymar parijliklar bilan amaldagi shartnomasini 2025-yilning yoziga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq 29 yoshli futbolchi yangi kelishuvga ko‘ra soliqlardan tashqari va bonuslarsiz yiliga 30 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.
Neymar 2017-yilda “Barselona”dan rekord narx — 222 million yevro evaziga “PSJ”ga o‘tgandi.
Joriy mavsum futbolchi Fransiya chempionatida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Umumiy hisobda Braziliya terma jamoasi yulduzi “PSJ”da 112 o‘yinda ishtirok etib, 85 gol va 51 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)