“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani Yevropa Ligasi yarim final javob bahsi doirasida “Roma”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:3) ikkita gol urdi.
Rimliklarga qarshi kechgan dastlabki bahsda (6:2) ham 34 yoshli urugvaylik futbolchi dubl qayd etgandi.
Kavani Yevrokubok yarim finalining ikkita o‘yinida ham dublga erishgan so‘nggi 35 yildagi ilk futbolchi bo‘ldi.
1985/86-yilgi mavsumda “Kyoln” forvardi Klaus Allofs UEFA Kubogi yarim finalining dastlabki o‘yinida ikkita gol urgan, javob uchrashuvida esa het-trikka erishgandi.
Kavani Premyer Liga joriy mavsumida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)