“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan o‘yindagi (0:2) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ha, “Chelsi” g‘alabaga loyiq deb aytsak bo‘ladi. Biz kurashdik, biroq ular finalga chiqishga munosib edi. Bu o‘yinda maydonga tushgan bizning futbolchilar jismoniy tomondan tayyor edi.Chempionlar Ligasi finalida “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin 29-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.Shogirdlarimdan faxrlanaman — ular harakat qildi. Biz juda uzoqqa bordik, finalgacha bir qadam qolgandi. “Chelsi” ajoyib o‘yin o‘tkazdi, buni tan olish kerak.
Bizda yaqqol vaziyatlar bo‘lmadi, “Chelsi” esa ularning bir nechtasini sodir etdi — bu futbol. Biroq yuqorida ta’kidlaganimdek, men yigitlardan faxrlanaman. Endi hordiq chiqaramiz va La Liga haqida o‘ylaymiz.
Albatta, biz bu natijadan qoniqmadik. Yarim finalda yutqazar ekansan, bundan qoniqish hosil qilmaysan va bu normal holat. Buni qabul qilish qiyin, biroq biz mashg‘ulotlarga qaytamiz va ishga kirishamiz.
Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)