Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari 5-may, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Shahboz Jo‘rabekov mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari vaziyatni o‘nglay olmadi. Jizzaxliklar uchrashuv yakunlanishi arafasida Marko Kolakovichning golidan keyin g‘alabani mustahkamladi.
Ushbu g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Paxtakor”ga yetib oldi, “Metallurg” (9) esa yettinchi pog‘onadan joy olgan.
Superliga
7-tur bahsi
5-may, chorshanba
“Metallurg” — “So‘g‘diyona” 0:2
Gollar: 0:1 – 42 Jo‘rabekov, 0:2 – 86 Kolakovich.“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salomat Quttiboyev, 10.Shahzodbek Nurmatov (88. Yevgeniy Chumak, 68), 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 48.Dilshod Rahmatullayev, 55.Akbar Ismatullayev, 98.Damir Temirov (15.Zohid Abdullayev, 56).
“So‘g‘diyona”: 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon No‘monov, 6.Iskandar Shoyqulov, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (7.Arslanmurat Amanov, 74), 14.Daniyel Nasriddinov (8.Jamshid Boltaboyev, 74), 17.Shahboz Jo‘raboyev, 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
Ogohlantirishlar: Rahmatullayev (7), Nasriddinov (9), No‘monov (32), Abdumajidov (45+1), Shoyqulov(48), Toshpo‘latov (65), Qulmatov (68).