“Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida 5-may, chorshanba kuni “Real”ni mag‘lub etdi (2:0) va musobaqa finaliga yo‘l oldi.
“Ko‘klar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel ikki yil ichida turli jamoalar bilan musobaqa finaliga chiqqan tarixdagi ilk murabbiy bo‘ldi.
2020-yilda 47 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi “PSJ” Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagandi. O‘shanda jamoa “Bavariya”ga yutqazgan (0:1).
Tuxel 2020-yilning yanvar oyida Frenk Lempard o‘rniga “Chelsi” boshqaruviga kelgandi.
“Manchester Siti” va “Chelsi” o‘rtasidagi final bahsi 29-may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)