Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ avtomobil yo‘lida ma’lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Xususan,
- 6-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34—54 kilometrlari oralig‘i;
- 7-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Toshkent–Chorbog‘–Chimyon avtomobil yo‘lining 34—71 kilometrlari oralig‘i;
- 8-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahri–Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yo‘lida transport harakati cheklanadi.