Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “Navbahor” 4-may, seshanba kuni “Qizilqum” maydoniga safar qildi.

Foto: “Navbahor” FK / “Daryo”

Uchrashuvning 9-daqiqasida Mate Vatsadze maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqada Ehsoni Panshanbe muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Qizilqum” 7 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Navbahor” (6) g‘alabasiz seriyasini beshta o‘yinga yetkazgan holda 10-pog‘onada qoldi.

Keyingi turda Navoiy jamoasi “Turon” maydonida mehmon bo‘lsa, “Navbahor” “Surxon”ni qabul qiladi.

Superliga

7-tur bahsi

4-may, seshanba

“Qizilqum” — “Navbahor” 1:1

Gollar: 1:0 – 9 Vatsadze, 1:1 – 37 Panshabe.

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullayev, 7. Oybek Qilichev (8. Giorgi Kuxianidze, 74), 10.Mate Vatsadze, 14.Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoyev (18.Jasur Azimov, 63), 19. Jamshid Hasanov (11.Shamsiddin Sagdullayev, 63), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili.

“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 8.Sardor Telyakov, 9.Ivan Solovyov (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 77), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (4.Farhod Mirahmatov, 69), 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G‘ulomov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (67.Marko Putinchanin, 69).

Ogohlantirishlar: G‘ulomov (35), Ahmedov (45), Grigalashvili (52), Qambarov (70), Ubaydullayev (90+1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!