Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Uzbekistan Airways mehnat muhojirlariga chegirmalarni bekor qiladi. Bu haqda Prezident qarori bilan tasdiqlangan Uzbekistan Airways’ni transformatsiya qilishni tezlashtirish borasidagi “yo‘l xaritasi”ga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2018-yilning bahoridan “O‘zbekiston havo yo‘llari” mehnat muhojirlariga ekonom-klassdagi aviachiptalar uchun 20 foizli chegirmalar taqdim etishni boshladi. Bu shu yilning yanvarida o‘nlab o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Qozog‘iston g‘arbida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganidan so‘ng amalga oshirildi.

Uch yildan ortiq amalda bo‘lgan chegirmalarni “yo‘l xaritasi” bilan 2021-yilning iyunidan bekor qilish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlanishicha, bu aviakompaniya daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Avvalroq Uzbekistan Airways faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar orqali jami xarajatlarni 46,5 million dollarga qisqartirish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida Uzbekistan Airways va yana 14 kompaniya IPO o‘tkaziladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgani, Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgani hamda senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘rov yuborgani ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi