Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati ayrim yo‘nalishlardagi “samolyotlar turlari bir xil” bo‘lsa ham aviachiptalar narxi “haddan ortiq qimmat”ligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, parlament yuqori palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda parvoz vaqti 1 soat 10 daqiqa bo‘lgan Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptaning narxi faqat bir tarafga 4,7 million so‘mni tashkil qilmoqda. Holbuki, parvoz vaqti 3 soat 40 daqiqadan iborat Toshkent–Moskva yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4,2 million so‘m, Toshkent–Riga yo‘nalishi bo‘yicha 2,8 million so‘m (parvoz vaqti 5 soat 30 daqiqa), Toshkent–Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha esa 6,5 million so‘m (parvoz vaqti 12 soat) etib belgilangan.

“Ko‘rinib turibdiki, parvoz vaqti 1 soat 10 daqiqa bo‘lgan Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptaning narxi undan bir necha soat ko‘p parvoz qilinadigan yo‘nalishlar uchun belgilangan narxlardan sezilarli darajada yuqoridir. Ushbu ‘tushunarsiz holat’ fuqarolarimiz uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Senat ma’lumotlariga ko‘ra, aholi bilan joylarda o‘tkazilgan muloqotlar va tegishli tahlillar shuni ko‘rsatganki, mas’ullar narx belgilashda fuqarolar tushib qolgan tanlovsiz, murakkab vaziyatdan insofsizlarcha foydalanmoqda.

“Bundan tashqari, Qozog‘istonga chegaradan piyoda yoki avtotransport vositasida o‘tishga Qozog‘iston tomonidan pandemiya sababli taqiq qo‘yilgan va bizning mas’ullarimiz ana shunday sharoitda fuqarolarimiz majburligidan ham qimmat narxda chipta sotib olaveradi, degan ishonch bilan o‘z yurtdoshlarining manfaatlariga zid harakat (yoki harakatsizlik) qilmoqda”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Oqibatda ishlash yoki boshqa maqsadlarda qo‘shni Qozog‘istonga ketayotgan fuqarolar yana asossiz va ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Senat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Shohrux Shorahmedovga Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar haddan ziyod yuqori narxda sotilayotganligini o‘rganib chiqish va natijasi borasida ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan senatorlar so‘rovini yuborgan.

Avvalroq Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov Uzbekistan Airways AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamovga chiptalar sotuvini soddalashtirish bo‘yicha so‘rov yuborgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda