Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2021—2023-yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ro‘yxatga 15 ta yirik kompaniya kiritildi, biroq tender komissiyasi bilan kelishilgan holda ro‘yxat yana o‘zgarishi mumkin:

  • “O‘zmetkombinat”;
  • “O‘zbekneftgaz”;
  • “O‘zmilliybank”;
  • “Xalq banki”;
  • “Agrobank”;
  • “Mikrokreditbank”;
  • “Qishloq qurilish bank”;
  • “O‘zagrosug‘urta”;
  • “Qurilishmashlizing”;
  • “O‘zbekinvest”;
  • Uzbekistan Airways;
  • “O‘ztransgaz”;
  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati;
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati;
  • “O‘zavtosanoat”.
O‘zbekistonga hozirga qadar faqat ikkita IPO amalga oshirilgan — “Kvars” va “Jizzax plastmassa” zavodlari.

IPO (Initial Public Offering) — aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni u jamiyat tomonidan aksiyalarni cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabrida Shavkat Mirziyoyev davlat ishtirokidagi korxonalarni jadal isloh qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Avvalroq xususiylashtirish rejalashtirilgan ko‘chmas mulklar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?