Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) “Aldama meni” ko‘rsatuvida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan jangidagi g‘alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi.
Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u mazkur jangdagi g‘alabasi uchun 200 ming AQSh dollari miqdorida gonorar olgan va pullarning barchasini ota-onasiga bergan.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundida nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qilgandi.
Bungacha 26 yoshli bokschi 2020-yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Izoh (0)