Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 2-may, yakshanba kuni “Udineze” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvning 10-daqiqasida Nauel Molina Lusero mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob uchrashuvning katta qismida saqlanib turdi. Ammo o‘yin yakunlanishi arafasida, aniqrog‘i 83 va 89-daqiqalarda Krishtianu Ronaldu katta sahnaga chiqib, ikki bor raqib darvozasini aniq nishonga oldi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Turin klubining ochkolari 69 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindagi “Atalanta”ning hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud. “Inter” esa 82 ochko bilan chempionlikni rasmiylashtirib bo‘ldi. “Udineze” 11-pog‘onani band etgan.

A Seriya

34-tur bahsi

2-may, yakshanba

“Udineze” — “Yuventus” 1:2

Gollar: 1:0 – 10 Lusero, 1:1 – 83, penalti Ronaldu, 1:2 – 89 Ronaldu.

“Udineze”: Skuffet, Molina, Nyuytink (Auveyan, 90), Bonifatsi (Samir, 84), Larsen, Uolas, de Paul, Pereyra, Arslan (Forestyeri, 72), Rodrigo Bekao, Okaka Chuka.

“Yuventus”: Shchensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Feliks Korreyya, 84), Makkenni (Rabyo, 84), Bentankur, Bernardeski (Kulusevski, 59), Dibala (Morata, 66), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Arslan (44), Pereyra (55), de Paul (82).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi