Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

30-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yig‘ilishda ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilingan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining lavhasida so‘z boradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda davlat rahbari mahalliy sanoatni rivojlantirish ham hokimlarning qo‘lidagi masala ekanligini ta’kidlagan. Shavkat Mirziyoyev haftada bir marta bank va soliq idoralari rahbarlari bilan viloyat hokimlarining o‘zlari gaplashishini, har bir tumanning kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bank bilan soliqchisining ko‘ziga qarab baho berish kerakligini qayd etgan.

“Bizga katta to‘siq — bank bilan soliq. Iqtisodiyotimizga to‘siq. Har bir viloyat hokimi bank va soliq bilan har hafta bir marta gaplashadi. Xalqimiz bizni boqib oladi, oldin xalqimizni ozgina oyoqqa turg‘izib olaylik.

Korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilmasak, islohotlarimiz amalga oshmaydi. Iqtisod nuqtai nazaridan bankning kapitali bo‘lishi uchun qancha pul beryapmiz? Shu paytgacha bank qolarmidi? Bankrot bo‘lardi. Chet eldan kelib bankimizni sotib oladiganlar juda ko‘p, men bunga ruxsat bermayapman. O‘zimizning xalqimizga o‘zimiz xizmat qilishga o‘rganaylik, deyapman. Soliqlar o‘zimizda qolsin deyapman…”, — deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident qaysi tumanda ishsizlar ko‘p bo‘lsa, bu o‘sha tumanning rahbarlari, to‘rtta sektori chiqargan qarorlar bo‘yicha ishlamayotganidan dalolat berishini aytib o‘tgan. “Hozir sizlarga hamma sharoitni yaratib, xalqqa xizmat qilgin, deb pul beryapmiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov tizimiga ishonmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi