• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Birorta viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni puxta o‘ylab ko‘rgani yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Yig‘ilishda davlat rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi 3 yilda qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga oshgan, lekin bu hali ichki ehtiyojni to‘liq qoplayotgani yo‘q.

    Sementga bo‘lgan ehtiyoj — 86 foiz, qurilish oynasi — 69 foiz, keramik buyumlar — 40 foiz, gulqog‘oz — 30 foiz, lak-bo‘yoq 65 foizga ta’minlanmoqda.

    Umuman, 2020-yili qariyb 1 milliard dollarlik (metall va yog‘ochdan tashqari) qurilish materiallari import qilingan.

    “Bugungi kungacha birorta tuman, shahar yoki viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyati va undan foydalanishni chuqur va puxta o‘ylab ko‘rgani yo‘q. Hududga nima chetdan olib kelinyapti? Nimani o‘zida ishlab chiqarish mumkin? Buning uchun nima qilish kerak, degan savollar hokimlarni har kuni qiynashi kerak”, — dedi Prezident.

    Mahalliy sanoatni haqiqatda rivojlantirish uchun har bir hududda ishlab chiqarishni kamida 3—4 baravarga oshirish zarur. Davlat rahbari mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha mutlaqo yangi “vertikal” tizim joriy etilishini ma’lum qildi.

    “Bu masalaga viloyat hokimlarining shaxsan o‘zi mas’ul bo‘ladi va ishlarni ichki talabni o‘rganish — importni tahlil qilish — resurs bazasini aniqlash — yangi loyihalarni amalga oshirish zanjiri orqali yo‘lga qo‘yadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    “Sanoatqurilishbank” raisi Annaqlichev qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va loyihalarni moliyalashtirish ishlariga mas’ul va javobgar etib belgilandi.

    2021-yil 1-iyulga qadar xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, bankning investitsiya kompaniyasi va barcha filiallarida konsalting markazlari tashkil qilinadi.

    Mahalliy sanoatni rivojlantirish vazifalari Sardor Umrzoqov va uning tizimiga yuklatildi. Mahalliylashtirish bo‘yicha hokim yordamchilari ham ushbu tizim bilan birlashtirilib, ularning vazifalari va mas’uliyati qayta ko‘rib chiqiladi. Sardor Umrzoqov ikki oy muddatda mahalliy sanoatning har bir yo‘nalishi bo‘yicha tumanlar kesimida alohida dasturlar ishlab chiqishi kerakligi aytildi.

    “Har bir viloyat, tuman hokimining mavjud zaxiralarni ishga solish bo‘yicha aniq rejalari bo‘lishi kerak. G‘ozg‘ondagi qurilish materiallari klasteri tajribasi barcha hududda joriy etilsa, albatta, mahalliy sanoat keskin rivojlanadi”, — dedi Prezident.

    Misol uchun, bugungi kunda respublikadagi mavjud pardozbop toshlar zaxirasining 30 foizidan ham foydalanilmayapti.

    Bu ko‘rsatkich Buxoroda — 11 foiz, Qashqadaryoda — 13 foiz, Toshkent viloyatida — 15 foiz.

    Jumladan, Boysun tumanida 7 turdagi foydali qazilmalarni (ohaktosh, bazalt, dolomit, kvars qumi, pardozbop toshlar) qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish mumkin. Yoki Peshku tumanida 24 million kub metr tabiiy qoplama toshlar, 1,3 million tonna grafit, 450 ming tonna mineral bo‘yoqlar uchun xomashyo zaxiralarini ishga solish rejalashtirilgan.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov tizimiga ishonmasligini, Shavkat Mirziyoyev YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktorini qabul qilgani hamda Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasidagi vaziyatni tez fursatda hal etishni muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

    30.04.2021, 22:10   Izoh (0)   41484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda 2021-yil oxiriga qadar kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘lishi mumkin” — transport vaziri

    30.04.2021, 21:55

    O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

    30.04.2021, 21:11

    O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan pul qayerdan olinishiga oydinlik kiritildi

    30.04.2021, 20:59

    “Mehr-5” operatsiyasi doirasida 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan olib kelindi (foto)

    30.04.2021, 20:52

    “Men Mamarizo Nurmurodovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman” — Shavkat Mirziyoyev

    30.04.2021, 20:13

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilib ketgan 800 metrlik qismini ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi

    30.04.2021, 19:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.