Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ashxoboddagi “Turkmanboshi ruhi” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)