Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hindistondagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini bartaraf etish uchun O‘zbekiston insonparvarlik yordamini yuboradi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” “Nigoh”ga tayanib.

Gumanitar yordam sifatida “Remdesivir” preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlari va bir martalik respiratorlarni yetkazib berish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda. Faqat 10 kun ichida 3,2 milliondan ortiq kishi kasallangan va 24 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Bundan tashqari, ikki marta mutatsiyaga ega bo‘lgan koronavirusning yangi turi (V.1.617) aniqlangan. Ushbu kasallik bilan koronavirusdan tuzalganlar va emlanganlar ham kasallanishi mumkin.

Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi hozirgi vaziyatga bardosh bera olmayapti. Kasalxonalarda yotoq, dori-darmon va kislorod yetishmovchiligi mavjud. Shu bilan birga, ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar sezilarli darajada ko‘tarilmoqda. Masalan, 1 kilogramm kislorod narxi 100 foizdan oshdi, virusga qarshi “Remdesivir” preparati narxi esa 1000 foizgacha ko‘tarildi (53,75 dollardan 537,5 dollargacha).

JSST Hindistonga COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berish uchun 2,6 ming xodimini yubordi. AQSh hukumati ham Hindistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish darajasining keskin o‘sishi munosabati bilan mamlakatga qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatish niyatida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...