• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sadir Japarov — Kampirobod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 26-aprel kuni “AKIpress” agentligiga bergan intervyusida Kampirobod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “AKIpress”

    Foto: “AKIpress”

    Masala tarixi

    Ikki davlat o‘rtasida mart oyida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bir qator chegaraoldi uchastkalari, xususan, Ungar-Too tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston Kampirobod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 gektarlik maydon ham O‘zbekistonga o‘tgan. Qirg‘iziston buning evaziga O‘zgan tumanining chegaraoldi qismidan 50 gektar yer olgan.

    O‘zbekiston nashrlari bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari va qo‘shni mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga tayanib xabar bergan. O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.

    Qirg‘izistonning Qorasuv tumani Savay qishlog‘i aholisi 14-aprel kuni Kampirobod suv omborining 50 gektari O‘zbekistonga berilishiga qarshi muddatsiz norozilik aksiyasini boshladi. Oqsoqollar hukumatning xatti-harakatlaridan, yer almashish bo‘yicha batafsil axborot yo‘qligidan va bunda mahalliy aholi fikri inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan. Aholining fikricha, bu almashinuv Qirg‘iziston manfaatlariga zarar keltiradigan ko‘rinishda amalga oshirilgan.

    Xuddi shunday namoyishlar 17-apreldan 19-aprelgacha Qorasuv tumanining Intimoq qishlog‘i aholisi tomonidan, 21-aprel kuni esa Qizil Oktabr qishlog‘i fuqarolari tomonidan ham o‘tkazilgan.

    Namoyishchilar bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi rahbari Qamchibek Tashiyev uchrashgan. U yana muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga borib, 50 gektar o‘rniga 20 gektar yer ajratilishiga O‘zbekistonni ko‘ndirishga harakat qilishga va’da bergan.

    Sadir Japarovning munosabati

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, “chegara masalasida ikki mamlakat o‘rtasida, albatta, bahslar bo‘ladi”.

    “Bu narsa oson hal qilinmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham munozaralar bo‘lyapti — u yerda ham odamlar ularning yerlari berib yuborilgani haqida gapiryapti, u yerda ham norozilik bor. Shu bois, chegara masalasini hal qilarkansan, bir joydan 5 gektar yer berayapsanmi, boshqa joydan, boshqa qishloq yo tumandan 5 gektar olishing kerak”, — dedi u.

    Sadir Japarovning ta’kidlashicha, shu vaqtgacha chegara masalalari “yashirincha hal qilingan”.

    “O‘tgan 30 yilda, o‘zingiz ham bilasiz, hammasini yashirincha, maxfiy hal qilishgan, imzolab, ratifikatsiya qilib, tasdiqlab, so‘ng tikanli simlar tortilayotganida xalq ularning yeri berib yuborilganidan noroziligini bildirgan. Yerlarimiz shunaqa berilgan. Hozir biz o‘sha yerlarni qandaydir qaytarib olish uchun muzokara olib boryapmiz. Shunday muzokaralarda bir tomondan berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan olyapmiz”, — dedi u.

    Qirg‘iziston prezidentining ma’lum qilishicha, endi masala aholi bilan, muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.

    “Hozir faqat muzokaralarning boshida turibmiz. Hech qanday hujjat imzolanmagan. To‘rt bosqichdan o‘tilganidan keyingina imzolanadi. Avval komissiya protokolni ko‘rib chiqadi, keyin uni prezidentlarga olib kiradi, ular ko‘rib chiqib, parlamentlarga yuboradi, parlament ratifikatsiya qilib, yana prezidentga qaytaradi va prezident imzolaganidan keyingina kuchga kiradi. Biz muzokaralar olib boryapmiz va buni davom ettiramiz”, — dedi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tarkibiga mahalliy aholi vakillarini ham kiritish rejalashtirilgan.

    “Biz avvalgilar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilyapmiz. Avvallari nafaqat mahalliy aholi, balki qirg‘izistonliklar ham bilmasdi. Faqat tikanli simlar tortilayotganidagina xabar topilardi... Ammo biz davlatimiz va xalqimiz zarariga qaror qabul qilmaymiz. Biz hammasi davlat va xalq foydasiga hal bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — deydi prezident.

    Sadir Japarov yaqin oylarda Qirg‘izistonning janubiy hududlari bo‘ylab aylanib, xalq bilan uchrashmoqchiligini ham bildirgan.

    “Taxminan may oxiri, iyun—iyul oylarida bo‘sh vaqtim bo‘ladi, o‘shanda janubni aylanib kelaman, xalq bilan uchrashaman. Biz mahalliy aholi bilan maslahatlashib, so‘ng qaror qabul qilamiz”, — dedi u.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishini rad etdi

    28.04.2021, 11:12   Izoh (0)   73802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 378 kishida koronavirus tasdiqlandi

    28.04.2021, 10:22

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

    28.04.2021, 09:26

    O‘zbekistondan 2021-yil boshidan beri 4 ming kishi ko‘chib ketdi

    28.04.2021, 08:44

    Namanganda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 285 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

    28.04.2021, 07:43

    “Osmon”dagi basseyn, muzqaymoqxo‘r vazir, tog‘dagi “iblis”. 27-aprel suratlari

    27.04.2021, 23:58

    Chimyonda baland cho‘qqiga chiqib, tusholmay qolganlar qutqarildi

    27.04.2021, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.