Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

26-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda aholi gavjum hududlarda yong‘in o‘chirish mashinalari tomonidan odamlarning ustiga suv sepilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ularning birida o‘t o‘chirish mashinasi odamlar bo‘lgan savdo rastalari ora suv sepayotgani, odamlarning baqirib qochgani, ikkinchisida esa trotuarda turgan mashinalar ustiga yuqori bosimda suyuqlik sepayotgani aks etgan.

FVV matbuot xizmati holat Andijon viloyati Marhamat tumani hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan. Hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy ta’zir choralari ko‘rilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz chora ekanligini ma’lum qilgandi. Shu sababli Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan binolar va boshqa obyektlarga kirishda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlangandi. Bu kabi qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida qabul qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi