Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan binolar va boshqa obyektlarga kirishda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uning ta’kidlashicha, bu kabi qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, endilikda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatilib, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchun antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatiladi

Avvalroq 6-sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz chora ekanligi haqida xabar bergan edi. Vazirlik Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga tayanib, dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatish shart emasligi haqida yozgan. Oradan bir kun o‘tib SSV vakili dezinfeksiya tunnellaridan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida esa Germaniyaning yetakchi virusologlaridan biri, Bonn universiteti Virusologiya va OIVni tadqiq qilish instituti direktori, professor Hendrik Shtrik dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan tunnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qila olmasligi, ammo ular rotavirus va boshqa kontaktli infeksiyalardan himoya qilishini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi