• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” muxbiriga qo‘pollik qilgan Qarshi shahar bosh “militsioneri” o‘rinbosari, kutilganidek, hayfsan oldi. Qashqadaryo jamoatchiligi unga aslida qattiqroq jazo tayinlanishi kerakligini ta’kidlamoqda

    “Daryo” internet-nashri muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan qo‘pollik qilgan Qarshi shahar Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Shaymardanovga nisbatan “qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati 26-aprel kuni ma’lum qildi.

    Azamat Shaymardanov.

    Azamat Shaymardanov.
    Kadr: Telegram

    Otabek Qo‘ldoshev 2021-yilning 16-aprel kuni Qarshi shahridagi Ko‘k gumbaz jome masjididan Ramazon oyining birinchi juma namozidan fotoreportaj tayyorlayotgan vaqtida Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Shaymardanovning qarshiligiga uchragan edi.

    Shaymardanov jurnalistning ish qurolini zo‘rlik bilan tortib olib, qo‘l ostidagi xodimlarga Otabek Qo‘ldoshevni “olib borib, tiqib qo‘yish”ni buyurgan. Jurnalist IIO FMBning maxsus avtomobilida yarim soat olib yurilib, oxiri Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli ichki ishlar bo‘limi (IIB)ga yetkazilgan.

    “Daryo” tahririyati voqeadan xabar topishi bilan Ichki ishlar vazirligi (IIV) matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘langan, shuningdek, qashqadaryolik bir guruh jurnalist va blogerlar Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB oldida to‘plangan. Ko‘p o‘tmay IIBga Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i B.Mirzayev va viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ham yetib kelgan. Mas’ullar jurnalist nima sababdan bo‘limga olib kelingani yuzasidan tayinli axborot bermay, qo‘pollik qilgan xodimga chora ko‘rilishini bildirgan.

    Otabek Qo‘ldoshev.

    Otabek Qo‘ldoshev.
    Foto: Telegram

    Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan IIV matbuot xizmati ham bayonot berib, “muxbir Otabek Qo‘ldoshev bilan suhbat jarayonida kasb etikasini buzgan ichki ishlar organi xodimining harakatlari o‘rganib chiqilib, huquqiy baho berilishi”ni ma’lum qilgandi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda aks-sado berib, vaziyatga, jumladan, Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonov va AOKA ham munosabat bildirgan edi. Jumladan, agentlik “bu kabi holatlar davlat siyosatiga zid” ekanligini alohida ta’kidlagan. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev esa Otabek Qo‘ldoshev bilan suhbatda “ish uning nazoratida ekani, aybdorga qonuniy chora ko‘rilishi”ni bildirgan edi.

    Qashqadaryolik jurnalist va blogerlar xavotirda

    “Daryo” Qashqadaryo IIBning bayonoti e’lon qilinishi arafasida qashqadaryolik jurnalist va blogerlarning vaziyat yuzasidan fikrlarini o‘rgangan edi. E’tiborga molik tomoni, jamoatchilik faollari jurnalistga nisbatan qo‘pollik qilgan ichki ishlar organi xodimiga nisbatan qattiq jazo tayinlanishiga ishonmasligini viloyat IIB bayonotidan avval bildirgan edi.

    “Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati ayni kunga qadar tizimda xatoga yo‘l qo‘ygan xodimga keskin chora ko‘rgani haqida biror marta xabar bermagan. Demak, yo boshqarma axborot xizmati bunday ma’lumotni yashirgan, yoki tizimda o‘zboshimcha xodimlarga umuman chora ko‘rilmaydi”, — deya taxmin qiladi bloger Otabek Artikov.

    Otabek Artikov.

    Otabek Artikov.
    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘risi, IIVdan ijobiy natija kutmayapman. Jurnalistga qilingan munosabatni ko‘rib, men IIB xodimlarini sovet davri militsionerlariga o‘xshatdim. O‘sha paytda IIB kuchishlatar tizim edi. Aftidan, Qashqadaryodagi IIB xodimlari ham o‘zini hamon kuchishlatar tizim vakillari deb biladi. Shu bois menda tizimga nisbatan shubha bor”, — dedi bloger.

    “Bo‘lib o‘tgan voqea videosini ko‘rgach, menda eski zamon qaytdimikin, endi IIB xodimlarini telefon yoki kamerada tasvirga olish mumkin emasmikin, yana o‘shanday ‘olib borib tiq’, ‘qama’, ‘ko‘ziga ko‘rsatib qo‘y’, degan tamoyil bo‘yicha ish olib borilyaptimi, degan hadik paydo bo‘ldi”, — deydi boshqa bir bloger Maqsud Muzaffarov.

    Maqsud Muzaffarov.

    Maqsud Muzaffarov.
    Foto: “Daryo”

    Bloger Otabek Artikov esa mazkur jarayonda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulovaning “jurnalist yoki bloger ko‘chada xizmat guvohnomasini yoki beyjigini olib yurishi kerak” deya fikr bildirganini ham qoraladi (qayd etish joiz, Otabek Qo‘ldoshev masjiddan reportaj tayyorlayotgan vaqtida xizmat guvohnomasi yonida bo‘lmagan, u guvohnomasini IIB xodimlari so‘ragach mashinasidan olib kelgan).

    “Iroda Rasulova o‘sha holatda ham jurnalistni aybdorga chiqarmoqchi bo‘ldi. Bu esa menda hadik paydo bo‘lishiga, ertaga men ham ‘Daryo’ muxbiri tushgan holatga tushib qolmasmikinman degan qo‘rquv paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Vaholanki, blogerlarda xizmat guvohnomasi ham, beyjik ham bo‘lmasligini yosh bola ham biladi. IIB axborot xizmati rahbari shunday deb turgach, xodimlaridan nimani kutamiz?!”, — deydi bloger Otabek Artikov.

    “Prezident siyosatiga xiyonat”

    Ushbu ko‘ngilsiz voqea prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalariga katta ishonch bildirayotgan va hurmat ko‘rsatayotgan, ularning xodimlarini “yelkadosh”, “yordamchi” deb atayotgan vaqtda yuz bergani yanada achinarli. Bloger Maqsud Muzaffarov bu borada keskin munosabat bildirgani ham tushunarli.

    “Viloyat IIBdan tizimdagi xodimlarga jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishni, ishlashni o‘rgatishlarini talab qilib qolardim. Boisi prezidentimizning bugungi OAVga bo‘lgan hurmati cheksiz. Jurnalistga qilingan munosabat esa Prezidentning bugungi kundagi siyosatiga xiyonat deb hisoblayman”, — deydi u.

    Norbo‘ta G‘oziyev.

    Norbo‘ta G‘oziyev.
    Foto: Telegram

    “Huquq” gazetasining Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Norbo‘ta G‘oziyev ham shu fikrda: “Prezident jurnalistlarga ‘Sizlar menga yelkadoshsiz, yordamingizga tayanaman, adolatni yetkazishdan to‘xtamanglar, qo‘rqmanglar, ortingizda prezident turibdi’, deb turgan bir paytda, jurnalist va blogerlarga nisbatan nohaq, turli tazyiqlar o‘tkazgan IIB xodimlari jazolanganidan keyin ham bunday holatning takrorlanishi soha xodimlari uchun uyat”.

    “Bunday xodim ishdan bo‘shatilishi kerak”

    Bloger Farrux Fayziyevning so‘zlariga ko‘ra, fuqaroga qo‘pollik qilgan xodimning uzr so‘rash yoki hayfsan olish bilan qutilib ketishi IIV tizimidagi o‘zboshimcha xodimlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, boshqa bir guruh blogerlar, qo‘pol xodimga nisbatan keskin jazo tayinlanishiga ishonmasa-da, aslida u ishdan bo‘shatilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

    Farrux Fayziyev.

    Farrux Fayziyev.
    Foto: “Daryo”

    “Vazirlik o‘z xodimga chora ko‘rishiga unchalik ishonmayman. Xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, chora ko‘ramiz deyishadi va shu bilan hammasi unutiladi. YPX inspektorlarining IIB xodimi nomiga dog‘ tushirishi holatlarini isbotlab beramiz, ammo ular doim uzr so‘rash va tanbeh olish bilan qutilib qoladi. Aslida prezidentning 3413-sonli qarori bor, unga ko‘ra, IIB xodimi nomiga dog‘ tushirgan xodimga ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan chora qo‘llanilishi kerak. Fikrimcha, jurnalistga qilingan munosabat uchun bu xodim ishdan bo‘shashi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Maqsud Muzaffarov.

    Umid Karimov.

    Umid Karimov.
    Foto: “Daryo”

    Kapitan Karimov taxallusi bilan faoliyat olib boruvchi bloger Umid Karimovning ta’kidlashicha, amaldagi tizimda mansabdor xodimning ishdan bo‘shatilishi ham uning uchun yetarlicha jazo emas, chunki aksariyat hollarda bunday xodimlar shov-shuvlar tinib, e’tibor susaygach, biror quyi lavozimda, masalan, tuman bo‘limida ish boshlaydi. “Taxminimcha, ishdan olinsa ham, qaysidir tumanga ishga qo‘yiladi”, — deydi bloger.

    Qashqadaryo viloyat IIBning 26-apreldagi bayonotida ta’kidlanishicha, “‘Ichki ishlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari’ning tegishli bandlari hamda IIO faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy buyruqlar talablarini qo‘pol ravishda buzib, fuqarolarda IIOlariga nisbatan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lgani uchun Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari Azamat Shaymardanovga nisbatan ‘qattiq hayfsan’ intizomiy jazosi qo‘llandi”. Xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi va to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan — tayinlangan jazoning qanchalik haqqoniy va qonuniyligiga endi prokuratura organlari baho beradi.

    26.04.2021, 19:03   Izoh (0)   22653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi sobiq “TAPOiCh” hududida yong‘in yuz berdi

    26.04.2021, 18:22

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

    26.04.2021, 18:11

    O‘zbekistonda ham aniqlangan koronavirusning “afrikacha” shtammi haqida ma’lumot berildi

    26.04.2021, 17:59

    Shavkat Mirziyoyev shu hafta qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi

    26.04.2021, 17:45

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik charter reys bilan bepul vatanga qaytarildi

    26.04.2021, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    26.04.2021, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.