Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple qurilmalari uchun ko‘plab aksessuarlar mavjud. Ularning ba’zilari hamyonbop bo‘lsa, ayrimlari qimmat. Hermes kompaniyasining aksessuari esa 700 dollar turadi, deb xabar bermoqda IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Apple saytida kompaniyaning AirTag qurilmasi uchun Hermes’ning maxsus g‘iloflari assortimenti paydo bo‘ldi. Apple’ning oddiy g‘iloflari 30-40 dollar atrofida bo‘lsa, Hermes’da 300, 450 va hatto 700 dollarlik variantlarni uchratish mumkin. Oxirigi variantni faqat kompaniya saytida uchratish mumkin.

Ta’kidlanishicha, AirTag jamlanma bilan birga yetkazib beriladi.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Shuningdek, kompaniya iPhone 12 uchun MagSafe’ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi g‘ilofini taqdim etdi. Fauve charmidan ishlangan ushbu aksessuar 570 dollar turadi.

Avvalroq iPhone 12 uchun mo‘ljallangan MagSafe magnit quvvatlantirgichi Android-smartfonlarga ham mos kelishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi
Biznes
Kremniy vodiysini zabt etgan o‘zbekistonlik huquqshunos: Asror Arabjonov AQSHga qanday borib qolgani, viza va startaplari haqida