Internetda yangi iPhone 12 va 12 Pro smartfonlari, shuningdek, ularning aksessuarlariga oid ma’lumotlar tarqalmoqda. Yangi iPhone’lar ega bo‘lgan muhim jihatlardan biri — smartfon qopqog‘iga o‘rnatilgan magnitlar. Undan bank kartalarini saqlashda yoki MagSafe quvvatlantirish funksiyasini ishlatishda foydalanish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

MagSafe magnit quvvatlantirgichi smartfon qopqog‘iga qotiriladi va smartfonni simsiz quvvatlantirishga xizmat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat Qi standarti bo‘yicha ishlaydi, balki ko‘plab Android-smartfonlarga ham mos keladi — masalan, Pixel 5 yoki egiluvchan Samsung Galaxy Z Fold 2’ga. Quvvatlantirish qurilmasi magnitlarda mustahkam joylashib, smartfonni zaryadlaydi.

Faqat simsiz Qi-quvvatlantirish qurilmasini 4 ming rublga (52 dollar) alohida xarid qilishga shoshmaslik kerak. Chunki uning maksimal quvvati 15 vattga teng bo‘lib, u xuddi iPhone’lardagi kabi tez ishlash yoki ishlamasligi noma’lum.
Avvalroq internetda iPhone 12 Pro’ning ilk haqiqiy videosi paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:- Taniqli suratkash iPhone 12 Pro kamerasiga baho berdi (foto)
- “Stiv Jobs go‘rida tik turdi”. Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 12’ga oid memlar tarqaldi








