Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Manchester Siti” 21-aprel, chorshanba kuni “Aston Villa” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvda hisob 1-daqiqadayoq ochildi. Chap qanotdan oshirilgan to‘pni Jon Makginn “shaharliklar” darvozasiga joylab qo‘ydi. Ammo Pep Gvardiola shogirdlari bu golga Filip Foden va Rodrining gollari bilan javob qaytardi.
“Manchester Siti” chempionlikka erishishi uchun 5 ta o‘yinda 8 ochko to‘plashi kerak bo‘ladi. Ushbu holatda jamoa boshqa klublarining natijalaridan qat’i nazar musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Hozirda jamoaning hisobida 77 ochko bor. 2-o‘rindagi “Manchester Yunayted” 1 ta o‘yin kam o‘tkazgan holda 66 ochko bilan hamshaharini ta’qib etmoqda.
APL
32-tur bahsi
21-aprel, chorshanba
“Aston Villa” – “Manchester Siti” 1:2
Gollar: 1:0 – 1 Makginn, 1:1 – 22 Foden, 1:2 – 40 Rodri.“Aston Villa” – Martines, Targett, Konsa, Mingz, Kesh, Remzi (Devis, 46), Duglas Luis, Nakamba (Barkli, 63), Makginn, Traore (al-G‘ozi, 75), Uotkins.
“Manchester Siti” – Ederson, Ruben Diash, Uoker, Stounz, Zinchenko, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Gundo‘g‘an, Mahrez (Fernandino, 90), Gabriel Jezus (Laport, 46).
Ogohlantirishlar: Gundo‘g‘an (44), Kesh (54).
Chetlatishlar: Stounz (44), Kesh (57).
Izoh (0)