Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoyda reklamaning yangi formati paydo bo‘ldi — yuzlab uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari yordamida osmonda biror mahsulot yoki uning havolasi keltirilgan QR-kodni hosil qilish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Shanxay aholisi yuzlab dronlar yordamida yangi mobil o‘yinni reklama qilishga qaror qildi — osmonda o‘yin nomi va uning qahramonlari namoyish etildi, yakunda esa odamlar smartfonlari yordamida skaner qilishi mumkin bo‘lgan ulkan QR-kod ishga tushirildi. Mazkur tajriba reklamasi qanchalik muvaffaqiyatli chiqqani noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra, kelajakda bu kabi reklamalar soni ortadi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Dronlar shousiga Xitoyning Damoda Intelligent Control Technology kompaniyasi ma’sul bo‘lgan bo‘lib, u aprel boshida bir vaqtning o‘zida 3200 ta dronni havoga ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatgan edi. Mobil o‘yin reklamasi uchun bundan ikki barobar kamroq apparat talab etilgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Bu turdagi reklamalarning muammosi ularning qimmatligi va amalga oshirish murakkabligida — bir necha yuz dronlarni tayyorlash kerak, ularning barchasi sozlangan va quvvatlantirilgan bo‘lishi lozim. Bitta uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatining akkumulyatori maksimum 20-25 daqiqaga yetadi. Noqulay ob-havo yoki oddiy shamol ham barchasini barbod qilishi mumkin.

Avvalroq Rossiyada 500 dan ortiq dron yordamida Gagarinning kosmosga parvozi tasvirlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak