Google kompaniyasi Yer sayyorasi so‘nggi 37 yil ichida qanchalik o‘zgarganini namoyish etish uchun 2017-yildan beri birinchi bor Google Earth’dagi Timelapse servisini yangiladi. Bu haqda kompaniya blogi orqali ma’lum qilindi.
Mazkur taymlapsni yaratish uchun 1984-yildan 2020-yilga qadar sun’iy yo‘ldoshlardan olingan 24 milliondan ortiq suratlar birlashtirilgan. Ular minglab kompyuterlarda ikki million soatdan ortiq vaqt davomida qayta ishlangan.“Videomozaika” o‘zida 20 petabayt ma’lumotni jamlagan va 4,4 terapikselni tashkil etadi — bu 4K sifatdagi 530 ming videoga teng demak.
Google o‘zining mazkur yangiligini “sayyoradagi eng katta video” deb atagan.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan uchta rolikda so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo bo‘ylab o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi, muzliklarning erishi va qurilgan shaharlar tasvirlangan.
Izoh (0)