Angliya Premyer Ligasining olti klubi mahalliy hukumatning tazyiqi ostida Superligadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi, deya xabar qilmoqda The Guardian.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Tottenhem” va “Chelsi” klublariga agar ular Superligada qatnashadigan bo‘lsa barcha mahalliy musobaqalardan chetlatish bilan tahdid qilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur jarayonda Buyuk Britaniya hukumatining ham roli katta bo‘lgan.
APLning olti klubi va yana oltita jamoa 18-aprel kuni Yevropa Superligasiga asos solinganini e’lon qildi. Biroq ingliz klublari ketma-ket yangi loyihani tark etganini e’lon qildi va Yevropa Superligasi ikki kunga bormay to‘xtatildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)