• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 102 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining ta’mirtalab uyi qator murojaatlarga qaramay, e’tiborsiz qolib kelmoqda

    Buxoroda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 102 yoshli Ahmad G‘ulomovning xonadoni hokimlikka qilingan qator murojaatlarga qaramay, ta’mirlanmasdan kelmoqda, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Ahmad G‘ulomov 1939-yilda armiyaga ketgan va Finlyandiya bilan kechgan urushda qatnashgan. Fashistlar Germaniyasiga qarshi ayovsiz janglarda ishtirok etgan. Yapon urushi qatnashchisi bo‘lgan. Yetti yildan so‘ng, 1946-yilda O‘zbekistonga sog‘-omon qaytib kelgan.

    Hozirda Ahmad G‘ulomov o‘g‘lining oilasi bilan bir hovlida yashaydi. “Hammom va hojatxona hovlining chekkasida joylashgan. Har kecha zarurat yuzasidan 3-4 marta chiqishimga to‘g‘ri keladi. Qiynalaman. Yashab turgan uyimning ahvolini esa ko‘rib turibsiz. O‘g‘lim ham pensioner. Nafaqaga yashaydi. Bu uyni qaytadan qurishga qurbi yetmaydi”, — deydi urush faxriysi.

    Mazkur uy XX asrning 50- yillarida xom g‘ishtdan tiklangan. Yillar o‘tib, uy poydevori yo‘l (ko‘cha)dan chamasi bir-bir yarim metrcha pastda qolgan. Zax, devorlar nuragan, chakki o‘tadi. Hatto ikki-uch yilcha muqaddam uyga yondosh dahlizning bolori singan. U hali-hanuz shundoqligicha turibdi.

    Ta’kidlanishicha, oila ushbu masalalarda shahar hokimligiga bir necha bor murojaat qilgan.

    “Viloyatimiz rahbari, rahmatli O‘ktam Barnoyev bayram munosabati bilan uyimizga kelganlarida mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi. Hatto qo‘shnimizning mana bu holatdagi hovlisini ko‘rib, bu oilaga ham ko‘maklashish kerakligini aytdi. Bilasiz, bayram bahonasida uyimizga katta-kichik mehmonlar keladi. Sizga yolg‘on, bizga chin, har yil 9-may arafasida qo‘shni hovlidagi yong‘in asoratlari ko‘rinmasin, deb bu yerni ko‘cha tomondan to‘sib qo‘yishadi”, — deydi Mahmud G‘ulomov.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud G‘ulomov nazarda tutgan qo‘shni hovlida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yashagan. U vafot etgach, nima sababdandir bu uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in bir amallab o‘chirilgan. Ammo oradan uch-to‘rt yil o‘tsa-da “asorati” shundoq turibdi. Aytishlaricha, uyni buzib qayta qurishga oilaning qo‘li kaltalik qiladi.

    Nashr Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari O‘tkir Jumayevning (hozirda u shahar hokimi) Tursunoy ko‘chasi 12-uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmad G‘ulomov nomidan yuborgan murojaatiga 2020-yilning 28-fevralida yo‘llagan javob xatini keltirgan.

    Sizning yoshingiz 101 da ekanligi, pensioner o‘g‘lingiz hovlisida istiqomat qilib kelayotganingiz, uy-joydagi hojatxona uzoqroqda joylashgani sababli qiynalayotganingiz bois sharoitlar yaratib berishni so‘rab yozgan arizangiz shahar hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilib, sizning Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi ekaningiz, ulug‘ yoshda —101 yoshga kirganingiz, shuningdek, yashab kelayotgan sharoitingizni inobatga olib, uy-joyingizga sharoit yaratib berishni so‘rab yozgan arizangizni o‘rganib chiqilib, quyidagilarni bildiramiz.

    Arizangiz tegishli soha mutaxassislari tomonidan uydagi sharoitlar joyida o‘rganib chiqildi. Sizning yoshingiz va uydagi sharoitlardan kelib chiqib homiy tashkilot aniqlangani (20-trestiga qarashli ART Prof bilding MChJ) va 2020-yilning aprel oyida amaliy yordam berish rejalashtirilganini ma’lum qilamiz.

    Siz mazkur arizangiz bo‘yicha olingan javobdan qoniqmagan taqdirda, yuqori turuvchi hokimlik yoki sud organlariga murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.

    Homiy tashkilot topilganiga qaramay, hech qanday yordam ko‘rsatilmagani bois Ahmad G‘ulomov yana shahar hokimligiga murojaat qilgan.

    2020-yilning 23-sentabri sanasi bilan kelgan javob xatida shahar hokimi o‘rinbosari S. Sharipov “Uyingizni ta’mirlab berish maqsadida quruvchi homiy tashkilot tanlanmoqda. Tashabbuskor homiy tashkilot homiylik tashabbusini bildirganida uyingizni ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilishini bildiramiz”, — deb yozgan.

    Biroq “tanlov” cho‘zilib ketgan. Kutaverib toqati toq bo‘lgan urush qatnashchisi yaqinda yana bir bor shahar hokimiga yozma murojaat qilgan. Javob ham kelgan. S.Sharipov imzosi bilan yo‘llangan xatda ariza joyida o‘rganilgani, homiy tashkilot aniqlanganidan so‘ng 2021-yilning may—iyun oylarida uy ta’miriga amaliy yordam berilishi aytilgan.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    “Murojaatga jo‘yali bir javob olarmikanmiz, deb shahar hokimiga uchrashdik. Hokim qurilish bo‘yicha mas’ullardan biri Sobirov Azimga ‘Bu otaxonning masalasini birinchi navbatda hal etinglar’, deya topshiriq berdi. U esa ‘Buning uchun qurilish firmasi topishimiz’ kerak qabilidagi vajlarni ro‘kach qildi. Aldaydi. Bu ham kamlik qilganiday, ‘Nabiralar, abiralar bor, boboga bir qaranglar-da’ deganini aytmaysizmi? Qornimgamas, qadrimga yig‘layman, deganlari shu bo‘lsa kerak-da. Axir, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari oramizda juda kam qoldi. Ularni har qancha e’zozlasak arziydi”, — deydi otaxonning jiyani, 65 yoshli Rauf Narziyev.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushiga Buxorodan 73 688 nafar kishi jo‘nab ketgan. Ularning 30 ming nafardan ziyodrog‘i omon qaytgan.

    19.04.2021, 12:22   Izoh (0)   22610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi savdo obyektlarida karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi (foto)

    19.04.2021, 11:42

    Video: Abdulla Qodiriy xotirasi uchun Chilonzorda chizilgan strit-art

    19.04.2021, 11:10

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 302 kishida koronavirus tasdiqlandi

    19.04.2021, 11:02

    Video: O‘zbekiston madhiyasini kuylayotgan yaponiyalik bolalar

    19.04.2021, 10:09

    O‘zbekistonda tarovih, xatmi Qur’on ibodatlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi tartiblar e’lon qilindi

    19.04.2021, 09:08

    Yakkasaroydagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    19.04.2021, 08:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.