• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya FXB va Belarus DXQ Lukashenkoga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilganini bildirdi. Lukashenko mazkur fitnaga AQShning aloqasi borligini aytdi

    Rossiyada hibsga olingan gumonlanuvchilar — belaruslik siyosatshunos Aleksandr Feduta, mamlakatdagi muxolif partiya yetakchisi Grigoriy Kostusev va AQShda yashovchi advokat Yuriy Zenkovich Aleksandr Lukashenko hamda uning oila a’zolariga suiqasd uyushtirishga uringan. Bu haqda Lukashenkoning o‘zi ma’lum qilgan, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

    Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

    Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur harakatlarga tayyorgarlik ortida AQSh maxsus xizmatlari turgan.

    “Bu ishga xorijdagi maxsus kuchlar – katta ehtimol bilan, Markaziy razvedka idorasi, Federal qidiruv byurosi va AQShning yana boshqa xizmatlari aralashgan deb o‘ylayapman. Biz ularning Minskka kelib, prezident va uning farzandlariga qarshi suiqasd uyushtirish niyatida bo‘lganligini aniqladik”, – degan Lukashenko.

    “Biroq meni amerikaliklarning nima uchun o‘zlarini bunday tutayotgani hayron qoldirdi. Chunki, menimcha, prezidentni yo‘q qilish vazifasini mamlakatdagi eng yuqori siyosiy rahbariyat topshiriq sifatida berishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Lukashenko Belarus prezidenti matbuot xizmati e’lon qilgan videoda.

    Mavzuga doir: Lukashenko tez orada nafaqaga chiqishini aytdi

    Belarus DXQ rahbari Ivan Tertel ONT telekanalida efirga berilgan intervyuda Feduta, Zenkovich va Kostusev jinoiy guruh sifatida til biriktirib, Belarus prezidenti hamda uning oila a’zolarini jismoniy yo‘q qilish rejasini tuzgani, shu bilan birga, mamlakat boshqaruvini zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rganini qayd etgan. DXQ axboroti bo‘yicha davlat to‘ntarishi 2021-yil yozida amalga oshishi rejalashtirilgan.

    Rossiya FXB Belarus DXQning ma’lumotlarini tasdiqlagan va Feduta hamda Zenkovichni Moskvada hibsga olish operatsiyasi o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilganini ma’lum qilgan. FXB ma’lumotlariga ko‘ra, ular shaharga AQSh hamda Polshadagi maslahatlashuvlardan keyin Belarus qurolli kuchlarining muxolifat tomonga o‘tgan generallari bilan uchrashish uchun kelgan. FXB axborotida to‘ntarish yozda emas, 9-mayda bo‘lib o‘tishi reja qilinganligi aniqlangani aytilgan.

    Aleksandr Feduta 1990-yillarda Aleksandr Lukashenkoning matbuot kotibi bo‘lgan, 2005-yilda uning eng birinchi siyosiy tarjimayi holining muallifi hisoblanadi. Keyinchalik Feduta muxolifat tomoniga o‘tib ketgan.

    Zenkovich 2000-yillar boshida “Belarus xalq fronti” muxolifat partiyasining a’zosi bo‘lgan, keyinchalik yuristlik faoliyatini olib borish uchun AQShga ketgan. Belarus fuqaroligidan tashqari AQSh fuqaroligiga ham ega.

    2021-yil mart oyida Zenkovich Facebook’da belaruslarni Aleksandr Lukashenkoga qarshi “o‘z-o‘zini himoya qilish guruhlari”ni tuzishga chaqirgandi. Shuningdek, u Svetlana Tixanovskayani Belarus hukumati bilan muzokara olib borishga urinayotgani uchun tanqid qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi aprel boshida muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayani terrorchilarga aloqador odamlar ro‘yxatiga kiritgandi.

    Mavzuga doir: Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Lukashenkoning katta o‘g‘lini Belarus Olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmadi

    18.04.2021, 13:37   Izoh (0)   33131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron Natanzdagi yadro obyektida qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan shaxs mamlakatdan qochib ketganini e’lon qildi

    18.04.2021, 11:35

    Bayden: Eronning uranni 60 foizga boyitishi muzokaralarni yengillashtirmaydi

    17.04.2021, 20:15

    Fransiyada AstraZeneca bilan emlanganidan keyin 8 kishi trombozdan vafot etdi

    17.04.2021, 19:37

    Moderna Buyuk Britaniya va Kanadaga o‘z vaksinasini rejalashtirilganidan kamroq yetkazib berishini ma’lum qildi

    17.04.2021, 18:16

    Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh sanksiyalariga javob choralari ko‘rilganini e’lon qildi

    17.04.2021, 15:12

    Makron, Merkel va Zelenskiy Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishga undadi

    17.04.2021, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.