AQSh federal hukumati mamlakat vitse-prezidenti Kamala Xarrisni o‘ldirish bilan tahdid qilishda ayblanayotgan floridalik ayolni hibsga oldi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.
Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari 15-aprel kuni 39 yoshli Nivian Peti Felpsni hibsga olgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, ayblanuvchi “bila turib, qasddan AQSh vitse-prezidentini o‘ldirish va jarohat yetkazish bilan tahdid qilgan”.
Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi qamoq jazosini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga 2020-yilgi saylov natijalariga nisbatan keskin norozilik ifodalangan bir nechta videoyozuvlarni yuborgan, shuningdek, qurol olib yurishga ruxsat so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Felps vitse-prezidentni o‘ldirish bilan tahdid qilgani va uning aniq sanasi aytilgan jami beshta videorolik yozgan. Ta’kidlanishicha, Xarrisning “aslida qora tanli emasligi”ga ishonchi ayolning vitse-prezidentga tahdid qilishiga sabab bo‘lgan.
Felps 20 yil davomida hamshira bo‘lib ishlagan tibbiyot muassasasi uni ishdan bo‘shatilishi haqida xabar berdi.
Ayolning advokatiga ko‘ra, uning mijozi “vitse-prezidentga jiddiy tahdid solmaydi" va u eri bilan muloqotda shunchaki g‘azablanganini bildirgan.
Agar Felps aybdor deb topilsa, besh yil muddatga ozodlikda mahrum qilinadi.
Izoh (0)