Lada Uzbekistan Largus Cross yangi avlod avtomobillarining savdosi boshlanganligi haqida e’lon qiladi.
Lada Largus Cross — universal avtomobil bo‘lib, unda har kungi safarlar uchun ham, uzoq sayohatlar va ish uchun ham barchasi muhayyo. U o‘z sinfidagi uchinchi o‘rindiqlar qatoriga ega, yagona yetti o‘rinli universal avtomobildir.
Yangi Largus Cross zamonaviy Lada uslubidagi tashqi va ichki dizaynga ega bo‘lib, tashqi ko‘rinishi jihatidan ham o‘zgardi. Avtomobilning old bamperi, kapot va old qanotlari, radiator panjarasi, yoritish chiroqlari, g‘ildirak disk va tashqi ko‘zgulari original ko‘rinishga ega. Bularning barchasi birgalikda ish va sayohatlar uchun mos avtomobilga savlatli, zamonaviyroq va e’tiborni tortadigan ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Qulaylik jihatidan olib qaraladigan bo‘lsa, yangi Largus Cross asboblar paneli va multirul, orqa ko‘rinish kamerasi, navigatsiyaga ega va Apple CarPlay/Android Auto servislarini quvvatlovchi multimedia, kuchaytirilgan shovqindan himoya, old oyna va orqa o‘rindiqlarni isitish tizimi, yomg‘ir hamda yorug‘lik datchigi, buyumlarni saqlash bo‘shlig‘iga ega qo‘lni qo‘yish tirkagi, yaxshilangan shakl, yangi qoplamaga ega old o‘rindiqlar, kruiz nazorat tizimi, ergonomikasi yaxshilangan yetti o‘rinli keng salonga ega bo‘ldi.
Bazaviy jihozlanish esa yangi uskunalar bilan boyitilgan, masofadan boshqariladigan markaziy qulf, yo‘nalish kompyuteri va kunduzgi yurish chiroqlari shular jumlasidandir.
Uchinchi qator o‘rindiqlariga ega Lada Largus Cross’ning boshlang‘ich bahosi – 169 900 000 so‘mdan boshlanadi.
Yangi model haqidagi batafsil ma’lumot lada.uz saytida.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)