• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda qalbaki dollarlar evaziga 9 ta iPhone 12 sotib olishga, Namanganda esa qalbaki pullarni bankka o‘tkazishga uringan shaxslar ushlandi

    Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: DXX matbuot xizmati

    Foto: DXX matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrining Yangibozor hududida joylashgan savdo majmuasiga 4 nafar fuqaro kelib, narxi 1100 dollar bo‘lgan iPhone 12 rusumli uyali aloqa telefonining 9 donasini 9900 AQSh dollariga sotib olmoqchi bo‘lgan va sotuvchiga kelishilgan pul mablag‘ini bergan. Biroq sotuvchi ular bergan xorijiy valyuta soxta ekanligini bilib qolib, pullarini o‘z egalariga qaytargan.

    Qalbaki dollarni o‘tkazish bo‘yicha hiylalari ish bermagan fuqarolar pullarni arzonroq narxda haqiqiy valyutaga almashtirish uchun Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqqan.

    DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar kelayotgan avtomashina Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida ulardan qalbaki 10 100 AQSh dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

    Shuningdek, Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi sherigi bilan Namangan shahridagi aksiyadorlik tijorat banki xodimining ishonchiga kirib, qalbaki pullarni haqiqiysiga almashtirmoqchi bo‘lgan. Ular o‘zlarida mavjud bo‘lgan katta miqdordagi qalbaki AQSh dollarini unga bankdagi detektor orqali tekshirib ko‘rishini, agar qurilmadan o‘tsa, ularni haqiqiysiga almashtirib berishini, evaziga har 1000 AQSh dollari uchun unga 200 dollardan berishlarini aytgan.

    DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki qonunbuzar shaxs qalbaki 7050 AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirish uchun bank xodimiga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Ta’kidlanishicha, har ikki holatdagi qalbaki 50 dollarlik kupyuralar xorijdan kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingan.

    Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyatlar ishlari doirasida qalbaki xorijiy valyutalarning kelib chiqish manbalari va ularning respublikaga olib kirilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Avvalroq Farg‘onada qalbaki 25 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani, Zangiotada qalbaki 5 ming dollarni 2,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda qalbaki 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
    • Namanganda 200 dona 100 dollarlik qalbaki kupyurani muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    15.04.2021, 19:11   Izoh (0)   19622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qonda bozordagi to‘lovlar oshirilganidan norozi ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Hokimlik ayollarga “yon bosib”, narxlarni yana tushirdi

    15.04.2021, 18:12

    Olmazor va Yunusobodning ayrim mahalla va mavzelari 17-aprel kuni 11 soatga elektr ta’minotidan uziladi

    15.04.2021, 18:00

    O‘zbekistonning vizasiz sayohat qilish reytingidagi o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

    15.04.2021, 17:12

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi

    15.04.2021, 16:46

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Qorasuv mavzesida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi

    15.04.2021, 16:34

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

    15.04.2021, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.