• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘qonda bozordagi to‘lovlar oshirilganidan norozi ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Hokimlik ayollarga “yon bosib”, narxlarni yana tushirdi

    Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bozordagi to‘lovlar miqdori va shartnoma narxlari oshirilganidan norozi bo‘lgan savdogar ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, voqea 2021-yilning 13-aprel kuni sodir bo‘lgan.

    Qo‘qon shahridagi bozorlar va savdo majmualarida bir martalik yig‘imlar, ijara va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdorlarining oshirilishi tadbirkorlarning noroziligini keltirib chiqargan. Shu sabab bir guruh savdogar ayollar mahalliy aholi tomonidan “Yangi bozor” deb nomlanuvchi savdo majmuasi oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘yish orqali noroziligini bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    “Qo‘qon savdo kompleksi” hududidagi do‘konlarda savdo qiluvchi tadbirkorlarning ma’lum qilishicha, bozorda ijara to‘lovlari qariyb ikki barobarga oshirilgan.

    “Avval bozorimizda bir metr kvadrat joy uchun ijara to‘lovi 22 ming so‘m edi. 1-apreldan boshlab narx ikki barobarga oshib ketdi. Endilikda bir metr kvadrat uchun 40 ming so‘m qilib narx belgilashdi. Narx oshishiga qarshi emasmiz, lekin birdaniga shuncha ko‘tarib yuborishadimi? Biz xarajatlarimizni qanday qoplaymiz? Sotayotgan narsalarimizning narxini ikki barobarga oshirsak, odamlar bizdan hech narsa olmay qo‘yishadi”, — deydi “Yangi bozor” hududida kiyim-kechak sotuvchi tadbirkorlardan biri.

    Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov voqea joyida bo‘lib, “Qo‘qon savdo kompleksi” hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar hamda yo‘lni to‘sib qo‘ygan ayollar bilan uchrashgan.

    Tadbirkorlarning murojaatini o‘rgangan shahar hokimi bozor hududida savdo qilish uchun bir metr kvadrat hisobida to‘lanadigan ijara haqi avvalgi tarif bo‘yicha hisoblanishini ma’lum qilgan. Bozor mutasaddilariga tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Shundan so‘ng bozor oldida to‘plangan tadbirkorlar tarqalgan.

    Holat yuzasidan viloyat hokimligining rasmiy munosabatida aytilishicha, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati pasaytirilgan.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan iqtisodiy beqarorlikni hisobga olgan holda, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlari oshirilmagan.

    Viloyat moliya bosh boshqarmasi va davlat soliq boshqarmasining qo‘shma taklifini inobatga olgan holda 2021-yil 1-apreldan Farg‘ona viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarining yangi stavkasi tasdiqlangan. Yangi stavkalar bozorlar va savdo komplekslarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

    “Shunga ko‘ra, viloyat hokimligi tomonidan ushbu e’tirozlarni o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, holat to‘liq o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini oshirish bo‘yicha viloyat moliya bosh boshqarmasi va davlat soliq boshqarmasi tomonidan kiritilgan qo‘shma taklifning asoslantirilmaganligi, yig‘imlar, ijara to‘lovlari va xizmatlar miqdorlari uchun belgilangan yangi stavkalar tadbirkorlar uchun maqbul emasligi va ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lganligi aniqlandi.

    Avazbek O‘rinboyev.

    Avazbek O‘rinboyev.
    Foto: “Daryo”

    O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 2021-yil 1-aprelda tasdiqlangan bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ularni keskin pasaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi”, — deydi Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev.

    Mazkur hodisa ortidan bozor hududida savdo qilish uchun ijara to‘lovlari pasaytirilganini tadbirkorlar tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimining tegishli qarori bilan bir metr kvadrat joy uchun ijara to‘lovi 40 ming so‘mdan 25 ming so‘mga tushirilgan.

    Maqola nashr etilishi arafasida viloyatning Rishton tumanidagi dehqon bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanuvchi bir guruh ayollar ham “Daryo”ga murojaat qilib, bozorlardagi kunlik ijara to‘lovlari oshishidan noroziligini bildirdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Rishton dehqon bozori rastalarida savdo qilish uchun bir metr joy narxi 5 ming so‘mdan 8 ming so‘mga oshirilgan.

    “Ilgari bir metr joy uchun to‘lov 5 ming so‘m edi. Men uch metr joyga bir kunda 15 ming so‘m to‘lardim. Endi bir metr joy 8 ming so‘mga ko‘tarildi. Hozir savdo yaxshi emas. Bir kunda joy uchun shuncha pul to‘lashga qurbim yetmaydi. Soliq to‘lovlari ham baland. Uch nafar farzandim bor, turmush o‘rtog‘im 2-guruh nogironi. Bitta farzandim shartnoma asosida o‘qiydi. Sharoitimizni tushuntirsam, tushunishni istashmayapti. Pulini to‘lay olmasangiz, joyni bo‘shatib qo‘ying, deyishdi. Bozordan chiqib ketsam, qanday tirikchilik qilaman? Borib ‘temir daftar’ga yozdiring, deyishdi. Shu yoshgacha birovdan bir narsa so‘ramaganman. O‘z mehnatim bilan kun ko‘rishga o‘rganganman. Bu yerda menga o‘xshagan sharoiti og‘ir ayollar ko‘p. Sherigimning ham ikki nafar farzandi shartnoma asosida o‘qiydi. Narx masalasini qayta ko‘rib chiqishlarini istaymiz”, — deydi Rishton dehqon bozorida savdo qiluvchi Hurmatoy Shermatova.

    Holat yuzasidan “Daryo” surishtiruvi davom etmoqda.

    15.04.2021, 18:12   Izoh (0)   55435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmazor va Yunusobodning ayrim mahalla va mavzelari 17-aprel kuni 11 soatga elektr ta’minotidan uziladi

    15.04.2021, 18:00

    O‘zbekistonning vizasiz sayohat qilish reytingidagi o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

    15.04.2021, 17:12

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi

    15.04.2021, 16:46

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Qorasuv mavzesida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi

    15.04.2021, 16:34

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

    15.04.2021, 15:57

    “Xalqimizdan uzr so‘rayman”. Sherzod Kudbiyev Olmaliqda sotuvchilarning buyumlarini tortib olgan soliq xizmatchilari jazoga tortilishini va’da qildi

    15.04.2021, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.