Markaziy bank 16-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 507,46 so‘mni tashkil qildi. Yevro 35,64 so‘mga ko‘tarilib, 12 586,89 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 4,63 so‘mga ko‘tarilib, 10 496,99 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi. Bundan avval dollar kursi 7-apreldan buyon ketma-ket bir kundan ko‘tarilib tushayotgandi.
Izoh (0)