Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘smir o‘z tengdoshini pichoqlab, jarohat yetkazdi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 9-aprel kuni soat 17:30 larda noma’lum shaxs Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on-4 dahasi 5 va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog‘chasi yonida bo‘la turib, unga notanish bo‘lgan 17 yoshli A.E. bilan hech bir sababsiz janjallashib, pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Natijada A.E. qorin old devori, o‘ng oxirgi qovurg‘a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (sovuq qurol qo‘llab bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Z.F. sodir etgani, u tanishi 17 yoshli I.Z. bilan G‘.O. o‘zaro janjallashayotganida ajratish maqsadida borgan vaqtida u yerda bo‘lgan A.E. bilan janjallashib qolgani aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Bundan avval Qashqadaryoda o‘quvchiga ikki baho qo‘ygani uchun o‘qituvchini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Jizzaxdagi restoranda raqs tushayotgan yigitlar qo‘llari bir-biriga tegib ketishi sababli janjallashib ketgani hamda Olmazorda voyaga yetmagan bola tengdoshini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)