Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10-aprel kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 40 359 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi.
Vazirlik xabarida qayd etilishicha, 10-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10 868 nafar) emlandi.
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami fuqarolar 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashdi.
Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlardan boshlandi. May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi.
Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarga qarshi kurashish maqsadida Toshkentda tashkil etilgan 81 ta emlash punkti 4 ta shifoxonaga biriktirilgan.
Izoh (0)