Futbol bo‘yicha La Liga 30-turi doirasida Madridning “Real”i o‘z uyida 10-aprel, shanba kuni Kataloniyaning “Barselona”sini mehmon qildi.
Uchrashuvda madridliklar azaliy raqibi ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. “Qaymoqranglilar”ning o‘yindagi ikkinchi goliga 28-daqiqada Toni Kroos mualliflik qildi. Nemis futbolchisining jarima zarbasidan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay mehmonlarning ikki futbolchisiga tegib Mark Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozadan o‘rin oldi.
“Real” “El-Klasiko”lar doirasida 2000-yil 26-fevralidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima zarbasidan “Barselona”ga gol ura olmayotgan edi. Kroosga qadar so‘nggi bor bu ishni 21 yil avval Robert Karlos uddalagandi.
Ma’lumot uchun, “Real” “Barselona” ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng La Ligada 66 ochko bilan peshqadamga aylandi. “Barselona” esa 65 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)