Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan “Navro‘z” to‘yxonasi binosi buzilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilishlarga izoh berdi.

Foto: Telegram / Retrospective

Foto: Telegram / Retrospective

Ma’lum qilinishicha, bino buzilgan hududda Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksini qurish boshlangan.

Bundan tashqari, majmua hududida yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlari uchun kutubxona quriladi.

“Yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, ilm-fan va san’atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo‘lgan hamda 1,5 million dona kitoblar fondini o‘z ichiga olgan ulkan Kutubxona binosi qurilish ishlari boshlandi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu obyektlarni qurish ishlari Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Prezidentini 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ko‘zda tutilgan topshiriqlar bo‘yicha qabul qilingan qaror asosida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Tashkent City qurilishi munosabati bilan “Ezidyor” va Shayxontohur ko‘chasidagi “Mumtoz” tantanalar zali buzilgan edi. Toshkent shahar hokimligiga “Ezidyor” egasiga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayohat” to‘yxonasini berish topshirilgan edi. Biroq bu kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini to‘xtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi