Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 2021-yilda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini jonlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga byudjetdan 420 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jumladan, hududlarda 22 ta teatr va madaniyat obyekti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent shahrining markazida – Milliy akademik drama teatri, mashhur yapon arxitektori Ando loyihasi asosida yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab poytaxtimiz markazida “Istiqlol” majmuasi qad rostlaydi. Ilgari ko‘p yillar davomida o‘tkazib kelingan Toshkent xalqaro kinofestivali “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Jahon banki dunyo 2030-yilga borib o‘ta qashshoqlikni bartaraf eta olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Andijonda muqaddam uch marta sudlangan 42 yoshli erkak boshqa fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi