Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 29-turi doirasida “Valyadolid”ga qarshi o‘yin (1:0) vaqtida uchrashuv hakami Xayme Latreni tanqid ostiga oldi.

Foto: Marca

Foto: Marca

Agar argentinalik futbolchi bu o‘yinda sariq kartochka oladigan bo‘lsa “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelardi. “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan ham xuddi shunday holat edi. Biroq ularning ikkisi ham bahsni sariq kartochkasiz o‘tkazdi.

Ispan telekanali — Movistar Messining hakam harakatlari haqida aytgan gaplarini ilg‘ab qoldi. Leo “Barselona” vakili Karles Naval bilan bo‘lgan suhbatda quyidagi gaplarni aytgan: “U menga sariq kartochka berish uchun imkoniyat qidirmoqda. Haaaa, aqlbovar qilmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvning 79-daqiqasida “Valyadolid” futbolchisiga ko‘rsatilgan qizil kartochka ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazvuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan