Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Navoiyda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan amaldor qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, G‘. ismli mansabdor shaxs Navoiy shahridagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan 200 kvadrat metr yer maydonini 150 ming AQSh dollari evaziga boshqa bir fuqaroga sotishni va’da qilgan.

Fuqaro G‘. ushbu mablag‘dan 70 ming AQSh dollarini olayotgan paytida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval SamDUda dekan o‘rinbosari talabadan 500 dollar pora olayotganda ushlangani, Surxondaryoda singil 137 mln so‘m olib qaytarmagan akasini sudga bergani hamda O‘zbekistonda 2600 dan ortiq kishini chuv tushirgan International Job Organization agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Mahalliy
“10 mln so‘mi direktor o‘rinbosarining plastik kartasiga tushirib berilgan”. Buxoroda maktab o‘qituvchilaridan 31 mln so‘m pul yig‘ildi
Mahalliy
“O‘zbekistonlik sayyohlar yuqori xarajat qobiliyatiga ega” — Tailand O‘zbekistondan ko‘proq sayyohlar kelishini xohlamoqda