Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan barcha futbol jamoalari nomi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Twitter

AQSh olimpiya terma jamoasi 29-mart kungi o‘yinda Gondurasga mag‘lub bo‘lib (1:2), ketma-ket uchinchi marta Olimpiada yo‘llanmasidan quruq qoldi. Gonduras esa so‘nggi yo‘llanma egasiga aylandi.

Quyidagi terma jamoalar Tokio—2020 Olimpiadasida kurash olib boradi:

  • Yevropa: Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Ispaniya;
  • Osiyo: Yaponiya (mezbon), Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya;
  • Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya;
  • Shimoliy Amerika: Gonduras, Meksika;
  • Afrika: JAR, Misr, Kot-d’Ivuar;
  • Okeaniya: Yangi Zelandiya.

Musobaqaga 21-aprel kuni qur’a tashlanadi. Olimpiya o‘yinlari 2021-yilning 21-iyulidan 7-avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogi uchinchi o‘rini uchun kechgan bahsda Avstraliyaga yutqazib, Tokio—2020 yo‘llanmasidan quruq qolgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!