Professional futbol ligasi (PFL) tarixda birinchi marta Superliga uchrashuvlari videsharhini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Championat.asia” sayti Superliga 2021-yilgi mavsum uchrashuvlaridan 10 daqiqagacha bo‘lgan videosharh tayyorlash, ularni ijtimoiy tarmoqlar va saytga joylash huquqini sotib oldi.
Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Bunga qadar bu huquqlar faqat PFL va “Sport” telekanallariga tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, PFL 2020-yilgi mavsumda Superliga, O‘zbekiston Kubogi, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarini “MyCujoo” platformasi orqali onlayn efirga uzatdi hamda ilk marta onlayn translyatsiyalar orqali daromad qildi. “MyCujoo” bilan shartnoma 2021-yil yakuniga qadar amal qiladi. PFL 2021-yilgi mavsum daromadi o‘tgan yildagidan ko‘proq bo‘lishi ustida ish olib boryapti.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)