O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Yulduz Usmonova suhbat davomida nima sababdan kinodagi faoliyatini yakunlagani haqida gapirib berdi.
O‘sha vaqtlarda ham o‘yin bor ekan-da. “Basseynga yalang‘och holda sakrash kerak”, deyishdi. “Men yalang‘och sakramayman”, dedim. Xo‘p deyishdi. Xo‘p deya turib, boshqa bir qizni boshiga xuddi menikiday qilib sochiq o‘ratib, xuddi menga o‘xshatib o‘ynatishibdi.Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1991-yilda suratga olingan “Temir erkak”, 1992-yilda suratga olingan “Olov qa’ridagi farishta”, “Bolajon”, “Tohir va Zuhra” filmining yangi talqinida suratga tushgan. Bir qancha filmlarda o‘zining rolini o‘zi ijro qilib, ko‘rinish bergan.Uni boshqalar sezmayapti, lekin boshqa qiz ekanligini bilib turibman. Men bunaqa ishni xohlamayman, dedim. Rejissorlarda ham o‘yin ko‘p. Shundan so‘ng kinoda rol o‘ynashni yig‘ishtirdim.
Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti
Izoh (0)