• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis deputatlari “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 25-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisda “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi keng tarqalib, ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni kun sayin ortib borayotgani favqulodda chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, shu munosabat bilan qonun doirasidagi huquqiy asosini yaratish maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan konstitutsiya talablari va xalqaro tajribani hisobga olgan holda ushbu loyiha tayyorlandi.

    Deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev koronavirus pandemiyasining dastlabki kunlarida jamoatchilik O‘zbekistonda favqulodda holat e’lon qilinishi mumkinligini keng muhokama qilganini, ammo bu haqda alohida qonun bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tgan.

    Yangi qonun loyihasida favqulodda holatni joriy qilish tartibi, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik, shuningdek, mansabdor shaxslarning huquqlari kafolatlari boshqa normalar bayon etilgan.

    Rasul Kusherbayevning aytishicha, siyosiy fraksiyalardan “Adolat” SDP fraksiyasi ushbu qonun loyihasini ma’qullamagan va yalpi majlisda ham ushbu pozitsiyada qoldi.

    “Gazeta.uz” 2020-yilning oktabr oyidayoq O‘zbekiston siyosiy partiyalari fraksiyalari “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan. Shunday qonun loyihasi 2016-yilda ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yilgan, ammo qabul qilinmagan edi.

    Qonun loyihasining amaldagi variantiga ko‘ra (yakuniy versiyasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin), hujjatda favqulodda holat joriy etishning maqsadlari sifatida uni joriy etish uchun asos bo‘lgan holatlarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish, konstitutsiyaviy tuzum va mamlakat hududiy yaxlitligini ta’minlash ko‘rsatilgan.

    Hujjatda komendantlik soati, o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, favqulodda holat, Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi va boshqa tushunchalarga ta’rif berilgan.

    Favqulodda holat quyidagi holatlar yuzaga kelganda joriy qilinadi:

    • real tashqi xavf, O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish, qurolli qo‘zg‘alon, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari, shuningdek, fuqarolar hayoti va xavfsizligiga, davlat organlari, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga bevosita tahdid soladigan zo‘ravonlik harakatlarini o‘zida ifoda etish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta muhim va toifalangan obyektlar yoki alohida joylarni to‘sish yoki qo‘lga olish harakatlari, noqonuniy qurolli tuzilmalarni tayyorlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi holatlari hamda millatlararo, konfessiyalararo va chegaraviy nizolar;
    • yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar hamda keng qamrovli avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishni talab qiluvchi boshqa tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlarda.

    Favqulodda holat Prezident farmoni bilan mamlakatning butun hududida yoki alohida ma’muriy hududlarida joriy etiladi. Farmon uch sutka mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi va darhol OAVda e’lon qilinadi.

    Hujjat loyihasida aytilishicha, O‘zbekistonning butun hududida favqulodda holat joriy etilganda O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilishi mumkin emas.

    Mamlakatning butun hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilish muddati 30 sutkadan, uning alohida ma’muriy hududlarida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilish muddati 60 sutkadan oshishi mumkin emas. Muddat tugashi bilan favqulodda holat tugatilgan deb hisoblanadi. Ushbu muddat mobaynida favqulodda holatni joriy etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmagan hollarda, uning amal qilish muddati Prezident farmoni bilan uzaytirilishi mumkin.

    Qayd etilishicha, mazkur hujjatning qabul qilinishi “davlat boshqaruvi tizimi orqali samarali va tezkor favqulodda choralarni qo‘llashga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, qolaversa, O‘zbekiston normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga imkon beradi”.

    28.03.2021, 13:03   Izoh (0)   27673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tanishini kamsituvchi ma’lumotlarni keng ommaga tarqatish bilan tahdid qilib, undan 30 ming dollar talab qilgan shaxs qamoqqa olindi

    28.03.2021, 12:12

    O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha yangi antirekord — bir kunda salkam 200 kishida kasallik aniqlandi. Qurbonlar soni yana ortdi

    28.03.2021, 11:54

    DXX “Temurbeklar maktabi” o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi

    28.03.2021, 11:35

    “To‘rtala mazhabdan terib-terib, bitta mazhab qilib qo‘yyapti”. Is’hoqjon domla “Soxta Samarqandiy” mazhabi haqida

    28.03.2021, 08:50

    Toshkent metrosida bir kunda 3 kishining telefonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

    28.03.2021, 00:12

    Toshkentda ustiga daraxt qulashi oqibatida 49 yoshli obodonlashtirish xodimi vafot etdi

    28.03.2021, 00:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.